Koʻp soʻraladigan savollar
Kim uchun: Hamma.
Bepul sinab koʻrsa boʻladimi?
Ha, 14 kun bepul. www.fastcrm.uz saytida Bepul sinab koʻring tugmasini bosing va formani toʻldiring. Ish maydonini ochib, kirish maʼlumotlarini emailingizga yuboramiz.
Narxi qancha?
Narx foydalanuvchilar soniga va sizga kerakli boʻlimlarga bogʻliq. Saytdagi formada soʻrov qoldiring — aniq narxni aytamiz.
Sinov tugagach nima boʻladi?
Tugashiga 7 kun qolganda ilovada eslatma chiqa boshlaydi. Toʻlov boʻlmasa, yana 7 kun hammasi odatdagidek ishlaydi. Keyin ish maydoni Faqat oʻqish rejimiga oʻtishi mumkin: koʻrish va eksport ishlaydi, oʻzgartirish yopiladi. Tizim toʻsatdan oʻchirilmaydi. Toʻlovdan keyin hammasi darhol tiklanadi. Batafsil — Ommaviy oferta, 10-boʻlim.
Qanday toʻlanadi?
Oldindan — har oy yoki hisobvaraqda koʻrsatilgan davr uchun. Hisobvaraq boʻyicha bank orqali yoki Payme va Click orqali toʻlaysiz. Toʻlovlar uchun hisob-faktura beramiz. Hisobvaraq olish uchun biz bilan bogʻlaning: Fast CRM jamoasidan yordam soʻrash.
Maʼlumotlarim qayerda saqlanadi?
Bulutda — Germaniyadagi (Yevropa Ittifoqi) Contabo GmbH serverlarida. Maʼlumotlar bazasining zaxira nusxasi har kuni olinadi. Fast CRM oʻz serveringizda boʻlsa, maʼlumotlar sizda qoladi. Batafsil — Maxfiylik siyosati.
Maʼlumotlarim xavfsizmi?
Har bir kompaniyaning maʼlumotlari alohida: boshqalar ularni koʻrmaydi. Ulanish HTTPS bilan shifrlanadi. Parollar qaytarib boʻlmaydigan shifr koʻrinishida saqlanadi — parolingizni hech kim, biz ham bilmaymiz. Batafsil — Xavfsizlik va maʼlumotlar.
Xodim hamma narsani koʻradimi?
Yoʻq, buni siz belgilaysiz. Har bir xodimning roli bor: Egasi, Administrator, Menejer, Xodim, Kuzatuvchi yoki oʻzingiz yaratgan rol. Masalan, menejer faqat oʻziga biriktirilgan bitimlarni koʻrishi mumkin. Rollarni administrator Boshqaruv → Rollar boʻlimida sozlaydi.
Ikki bosqichli tasdiqlash bormi?
Ha. Kirishda paroldan tashqari telefoningizdagi ilova kodi soʻraladi. Yoqish uchun yuqori oʻng burchakda ismingizni bosing, keyin Xavfsizlik → Ikki bosqichli tasdiqlash. Administrator uni hamma uchun majburiy qilishi mumkin.
Oʻz serverimizga oʻrnatsa boʻladimi?
Ha, litsenziya asosida. Fast CRM kompaniyangiz serverida ishlaydi va maʼlumotlar sizda qoladi. Qanday oʻrnatiladi — Fast CRMni oʻz serveringizga oʻrnatish.
Telegram bilan ishlaydimi?
Ha. Administrator kompaniyangizning Telegram botini ulaydi. Mijozlar botga yozgan xabarlar Murojaatlar boʻlimiga tushadi, xodimlar javobni shu yerdan yozadi.
Excel yoki boshqa CRMdan maʼlumot koʻchirsa boʻladimi?
Ha. Excel faylni CSV formatida saqlang va Boshqaruv → Import orqali yuklang. Excel faylning oʻzi yuklanmaydi. Bitrix24, amoCRM yoki HubSpotdan koʻchirish uchun — Boshqaruv → Boshqa CRMdan ko‘chirish.
Telefonda ishlaydimi?
Ha, telefon brauzerida: Fast CRM manzilini oching va odatdagidek kiring. Alohida mobil ilova (App Store, Google Play) hozircha yoʻq.
Ketmoqchi boʻlsam, maʼlumotlarimni olib keta olamanmi?
Ha, maʼlumotlar sizniki. Har bir roʻyxatni Excel, CSV, JSON yoki TSV faylga yuklab olasiz. Egasi yoki administrator butun ish maydonini bitta ZIP faylga yuklab oladi: Boshqaruv → Ish maydoni eksporti. Shartnoma tugagach, maʼlumotlar 30 kun ichida oʻchiriladi; ungacha eksport ishlaydi.
Parolni unutsam nima qilaman?
Kirish sahifasida Parolni unutdingizmi? havolasini bosing. Batafsil — Fast CRMga birinchi marta kirish.
Savolimga javob topmadim. Nima qilay?
Bizga yozing: Fast CRM jamoasidan yordam soʻrash.