Fast CRMga birinchi marta kirish
Natija: siz Fast CRMga kirasiz va oʻz parolingizni oʻrnatasiz.
Kim uchun: Hamma.
Kerak boʻladi: administrator bergan 3 ta maʼlumot — ish maydoni slugi, email va vaqtinchalik parol. Slug — kompaniyangizning Fast CRMdagi qisqa nomi, masalan yordam-demo.
Qadamlar
Brauzerda fastcrm.uz/login sahifasini oching. Kompaniyangiz Fast CRMni oʻz serverida ishlatsa — administrator bergan manzilni oching.
Ish maydoni slug maydoniga kompaniyangiz slugini kiriting.
Email maydoniga emailingizni kiriting.
Parol maydoniga vaqtinchalik parolni kiriting.

Kirish tugmasini bosing. Oʻz parolingizni oʻrnating sahifasi ochiladi.
Joriy parol maydoniga vaqtinchalik parolni kiriting.
Yangi parol maydoniga oʻz parolingizni kiriting. Parol kamida 12 ta belgidan iborat boʻlsin.
Yangi parolni takrorlang maydoniga shu parolni yana bir marta kiriting.

Saqlash va davom etish tugmasini bosing. Boshqaruv paneli ochiladi.
Chap tomonda — asosiy menyu: Lidlar, Bitimlar, Kontaktlar va boshqa boʻlimlar. Yuqori oʻng burchakda — ismingiz va rolingiz.

Keyingi safar shu sahifadan oʻz parolingiz bilan kiring.
Muammo boʻlsa
- invalid credentials — slug, email yoki parolda xato bor. Uchalasini tekshiring va qayta kiriting.
- Joriy parol notoʻgʻri — Joriy parol maydoniga administrator bergan vaqtinchalik parolni kiriting.
- Parollar bir xil emas — ikkala maydonga bir xil yangi parol kiriting.
Parolni unutsangiz
Kirish sahifasida Parolni unutdingizmi? havolasini bosing. Parolni tiklash sahifasi ochiladi.
Ish maydoni slug va Email maydonlarini tekshiring.
Havolani yuborish tugmasini bosing.

Emailingizni oching va Fast CRM xatidagi havolani bosing. Havola 30 daqiqa ishlaydi, faqat bir marta.
Yangi parol maydoniga yangi parolni kiriting.
Yangi parolni takrorlang maydoniga uni yana kiriting.
Yangi parolni saqlash tugmasini bosing. Parol oʻzgartirildi xabari chiqadi.
Kirish tugmasini bosing. Kirish sahifasi ochiladi — yangi parolingiz bilan kiring.
Tiklashda muammo boʻlsa:
- Email sozlanmagan — server hozircha xat yubora olmaydi. Administratoringizdan yangi vaqtinchalik parol soʻrang.
- Xat kelmadi — «Spam» jildini tekshiring.
- Bu havola notoʻgʻri, allaqachon ishlatilgan yoki muddati oʻtgan. — Yangi havola olish havolasini bosing.
- Hal boʻlmasa — administratoringizga murojaat qiling.