Fast CRMni oʻz serveringizga oʻrnatish
Natija: Fast CRM kompaniyangiz serverida ishlaydi va siz unga egasi sifatida kirasiz.
Kim uchun: Administrator.
Kerak boʻladi:
- Linux server: protsessori x86_64 yoki arm64. Unda
sudohuquqi boʻlsin. - Serverda
curlvaopenssl(3-versiya yoki yangirogʻi) boʻlsin. Docker boʻlmasa, oʻrnatuvchi uni oʻrnatishni taklif qiladi. - Server internetga chiqa olsin: dastur Fast CRM yangilanish serveridan (dist.fastcrm.uz) yuklanadi.
- Domen — CRM manzili, masalan
crm.kompaniya.uz. U server IP manziliga yoʻnaltirilgan boʻlsin, 80 va 443 portlar ochiq boʻlsin. Shunda HTTPS (himoyalangan ulanish) oʻzi yoqiladi. - Oʻrnatish kaliti —
fcr_inst_bilan boshlanadigan uzun matn. Uni Fast CRM jamoasi litsenziya toʻlangandan keyin beradi. Kalitni hech kimga bermang. - Egasining emaili. Fast CRMga shu email bilan kirasiz.
Qadamlar
Server terminalini oching, masalan SSH orqali. Terminal — serverga buyruq yoziladigan oyna.
Shu buyruqni terminalga qoʻying va Enter ni bosing:
bashcurl -fsSL https://dist.fastcrm.uz/install.sh | sudo bash -s --O'rnatish kalitisoʻralganda, kalitni qoʻying va Enter ni bosing. Kalit ekranda koʻrinmaydi — bu odatiy holat.(Docker boʻlmasa)
Docker topilmadisavoligaydeb yozing va Enter ni bosing.CRM domenisoʻralsa, domeningizni kiriting va Enter ni bosing. Litsenziyada bitta domen yozilgan boʻlsa, bu savol chiqmaydi. Boʻsh qoldirsangiz, CRM server IP manzilida HTTPSsiz ochiladi.Egasining e-pochtasisoʻralganda, egasining emailini kiriting va Enter ni bosing.Kuting. Oʻrnatuvchi kalit va fayllar imzosini tekshiradi, dasturni yuklab oladi va ishga tushiradi. Bu internet tezligiga bogʻliq. Oxirida shunday yozuv chiqadi:
textFast-CRM ishlamoqda. Manzil: https://crm.kompaniya.uz Tashkilot: kompaniya E-pochta: admin@kompaniya.uz Parol: … (parol faqat bir marta ko'rsatiladi: hozir saqlab qo'ying va kirgach o'zgartiring)Parolni hozir xavfsiz joyga yozib oling. U faqat bir marta koʻrsatiladi.
Brauzerda
Manzilqatoridagi manzilni oching. Kirish sahifasi ochiladi.Ish maydoni slug maydoniga
Tashkilotqatoridagi qiymatni kiriting. Slug sahifada allaqachon yozilgan boʻlsa — uTashkilotbilan bir xilligini tekshiring.Email maydoniga egasining emailini kiriting.
Parol maydoniga
Parolqatoridagi parolni kiriting.Kirish tugmasini bosing. Boshqaruv paneli ochiladi.
Endi oʻz parolingizni oʻrnating: yuqori oʻng burchakda ismingizni bosing, keyin Xavfsizlik → Parolni oʻzgartirish.
Zaxira nusxalarni tekshirish va saqlash — kompaniyangiz zimmasida (Litsenziya shartnomasi, 6.5-band).
Muammo boʻlsa
litsenziya "…" domenini qamramaydi— bu domen litsenziyangizda yoʻq. Litsenziyadagi domenni kiriting yoki yangi kalit soʻrang.kalit noto'g'ri yoki bekor qilingan— kalitni boshidan oxirigacha qayta nusxalang. Xato takrorlansa, Fast CRM jamoasidan yangi kalit soʻrang.Docker … juda eski: >= 24 kerak— Docker ni 24-versiya yoki yangirogʻiga yangilang.OpenSSL >= 3 kerak— serverga OpenSSL 3 yoki yangirogʻini oʻrnating.- Brauzerda manzil ochilmaydi — domen server IP manziliga yoʻnaltirilganini va 80, 443 portlar ochiqligini tekshiring.
- Slug
Tashkilotdan farq qiladi va uni oʻzgartirib boʻlmaydi — Fast CRM qoʻllab-quvvatlash xizmatiga yozing. - Boshqa xato — sababini tuzatib, 2-qadamdagi buyruqni qayta ishga tushiring. Avval yaratilgan sozlamalar va parol saqlanadi.
- Hal boʻlmasa — terminaldagi butun yozuvni nusxalab, Fast CRM qoʻllab-quvvatlash xizmatiga yuboring.